«giyohvand moddalar» tegli maqolalar


Toshkent shahri va viloyatida xorijdan olib kelingan qariyb 20 kg narkotik modda musodara qilindi
20 aprel 2024, 16:02

Toshkent shahri va viloyatida xorijdan olib kelingan qariyb 20 kg narkotik modda musodara qilindi

DXXning Toshkent viloyati va shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarida 19,7 kg sintetik narkotik moddalar olib qo‘yildi. Aniqlanishicha, Rossiya va Qozog‘istondan olib o‘tilgan moddalarni internet orqali sotish rejalashtirilgan.

Samarqanddan Xorazmga sement qoplarida 10 kilogrammga yaqin opiy tashilgani aniqlandi (video)
25 yanvar 2024, 20:25

Samarqanddan Xorazmga sement qoplarida 10 kilogrammga yaqin opiy tashilgani aniqlandi (video)

Samarqanddan Urganchga olib borilgan sement qoplaridan 9,7 kilogramm opiy topildi. Ma’lum bo‘lishicha, giyohvandlik moddasi Tojikistondan olib o‘tilgan.

Samarqand viloyatida fuqarodan salkam 32 kg marixuana olib qo‘yildi
8 yanvar 2024, 18:08

Samarqand viloyatida fuqarodan salkam 32 kg marixuana olib qo‘yildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida yashovchi fuqaroning uyidan salkam 32 kg marixuana, shuningdek, opiy va psixotrop dorilar olib qo‘yildi.

O‘zbekistonda yil davomida 9,2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilindi
26 dekabr 2023, 15:25

O‘zbekistonda yil davomida 9,2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilindi

O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan yil davomida qariyb 9,2 tonna giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu o‘tgan yilgidan 12 barobarga ko‘r. Ularning katta qismi — 8,5 tonnasi sentabr oyida qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan rekord partiya bo‘ldi.

Toshkentda yana 5 kishi jinoiy faoliyatda gumonlanib qo‘lga olindi
20 dekabr 2023, 21:58

Toshkentda yana 5 kishi jinoiy faoliyatda gumonlanib qo‘lga olindi

Poytaxt IIBB tovlamachilik, bezorilik va giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotishda gumonlanayotgan yana besh nafar shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

DXX uchta hududda 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi
26 oktabr 2023, 14:06

DXX uchta hududda 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 9 kilogrammdan ortiq giyohvand modda savdosiga chek qo‘ydi. Xususan, ikkita holatda Tojikistondan gashish va opiy olib kelingani aniqlandi.

Tojikistondan O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan 55 kg giyohvand modda to‘xtatib qolindi
22 avgust 2023, 17:29

Tojikistondan O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan 55 kg giyohvand modda to‘xtatib qolindi

Tojikiston bilan chegaradagi “Oybek” bojxona postida 55 kg ga yaqin giyohvandlik vositalarini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi. U moddalarni gaz balloni va benzin bakiga yashirgan.

Andijon viloyatida yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
21 avgust 2023, 22:55

Andijon viloyatida yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi

DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari tomonidan 3,5 kilogrammdan ortiq “gashish” giyohvandlik moddasining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq bir qancha holatlarga chek qo‘yildi, ularning asosiy qismi Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.

“Tapentadol” O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildi
21 avgust 2023, 20:59

“Tapentadol” O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritildi

Hukumat og‘riq qoldiruvchi “Tapentadol” dori vositasini O‘zbekistonda muomalasi cheklangan narkotiklar ro‘yxatiga kiritdi. “Gabapentin” esa ushbu sohada nazoratni kuchaytirish uchun TN VED kodlari beriladigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritildi.

Toshkentda KIA K5 mashinasidan 48 o‘ramdagi giyohvand moddalar va apteka narkotiklari topildi
8 avgust 2023, 21:23

Toshkentda KIA K5 mashinasidan 48 o‘ramdagi giyohvand moddalar va apteka narkotiklari topildi

Toshkentda 48 o‘ramdagi giyohvandlik moddalari va dorixona narkotiklarini tarqatmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Ish e’lonini Telegram orqali topganini aytgan erkak 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

DXX qariyb 14 kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
28 iyun 2023, 20:07

DXX qariyb 14 kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan qariyb 14 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi, ularning aksariyati Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.

Dunyoda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchilar soni oshib bormoqda — BMT
27 iyun 2023, 09:30

Dunyoda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchilar soni oshib bormoqda — BMT

Oxirgi 10 yil ichida giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar soni 23 foizga oshib, 296 million kishiga yetdi. Noqonuniy bozorlarda sintetik moddalar hukmronlik qilmoqda, deyiladi BMT hisobotida.

DXX Toshkentda narkotik modda savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan shaxslarni ushladi
28 aprel 2023, 12:56

DXX Toshkentda narkotik modda savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan shaxslarni ushladi

Toshkent shahri va viloyatida jami 2,6 kg “gashish”, 800 gramm “opiy” va boshqa psixotrop dorilarning savdosiga chek qo‘yildi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Samarqandda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 19,8 kg giyohvand moddani olib o‘tmoqchi bo‘ldi
30 mart 2023, 11:40

Samarqandda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 19,8 kg giyohvand moddani olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Urgut tumani hududidan o‘tuvchi o‘zbek-tojik davlat chegarasidan 1997 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro Tojikistondan 19 kg 799 gr opiy moddasini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tayotganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Toshkentda uylar orasiga yashirilgan narkotiklarni izlagan 28 kishi ko‘rsatma berdi
27 mart 2023, 18:38

Toshkentda uylar orasiga yashirilgan narkotiklarni izlagan 28 kishi ko‘rsatma berdi

Tarmoqlarda Toshkentdagi mahallalardan birida noma’lum shaxslar uch kun davomida yashirib ketilgan narkotiklarni izlayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Poytaxt IIBB hozirda 28 kishi ushbu holat bo‘yicha ko‘rsatma bergani va tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Namanganda 14,5 kg narkotik moddasining muomalaga kiritilishi oldi olindi
10 mart 2023, 11:43

Namanganda 14,5 kg narkotik moddasining muomalaga kiritilishi oldi olindi

Yangiqo‘rg‘on tumanidagi «o‘zbek-qirg‘iz» davlat chegarasida 14,5 kg «gashish», 50 gr «geroin» moddasi va boshqa turdagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi.

Toshkentda Telegram orqali narkotik sotganlikda gumonlangan 3 kishi qo‘lga olindi
21 fevral 2023, 12:20

Toshkentda Telegram orqali narkotik sotganlikda gumonlangan 3 kishi qo‘lga olindi

Telegram orqali giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani gumon qilingan 3 nafar shaxs ushlandi. Ularning yetakchisi boshqalarni kaltaklash uchun 300−500 dollarga yollagan 17 kishi ham hibsga olindi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surxondaryoda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlarga sud hukmi o‘qildi
14 fevral 2023, 11:24

Surxondaryoda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlarga sud hukmi o‘qildi

Termiz tumanida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan 4 nafar shaxsga hukm o‘qildi. Ularga 12 yildan 14 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

DXX 3 ta viloyatda 11,4 kg giyohvand moddalarini musodara qildi
11 fevral 2023, 10:44

DXX 3 ta viloyatda 11,4 kg giyohvand moddalarini musodara qildi

DXX Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida giyohvand moddalari savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Barcha holatda giyohvandlik vositalari mamlakatga Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

DXX Samarqandda 10 kg giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
2 fevral 2023, 09:34

DXX Samarqandda 10 kg giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

Samarqandda fuqaro 2 kg opiy giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Uning xonadoni tekshirilganda yana 8 kg shunday modda topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting